Jahon

Livan prezidenti Tramp bilan Isroil bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga yo‘l oldi

Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqish va mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

Livan prezidenti Tramp bilan Isroil bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga yo‘l oldi

Livan prezidenti Jozef Aun AQSH prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Vashingtonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Aun kelasi hafta Oq uyda Donald Tramp va AQSHning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. Muzokaralarda Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqish hamda mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni tiklash masalalari muhokama qilinadi.

 

Shuningdek, tomonlar Livan hukumatining mamlakatning barcha hududlari ustidan nazoratini kuchaytirish masalasini ham ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

 

Tashrif Livan va Isroil vakillari AQSH vositachiligida Rimda navbatdagi muzokaralarni o‘tkazganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirilmoqda. AQSH rasmiylariga ko‘ra, tomonlar Livan janubida Isroil qo‘shinlari bosqichma-bosqich chekinadigan va ularning o‘rnini Livan armiyasi egallaydigan "sinov zonalari"ni tashkil etish bo‘yicha keyingi qadamlar yuzasidan kelishuvga erishgan.

 

Shu bilan birga, muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Isroil armiyasi Livan janubidagi o‘zi "xavfsizlik zonasi" deb atayotgan hududda qolmoqda va havo hujumlarini davom ettirmoqda. Isroil tomoni qo‘shinlar "Hizbulloh" qurolsizlanmaguncha hududni tark etmasligini bildirgan. "Hizbulloh" esa qurolsizlanish talabini va amaldagi kelishuvni rad etmoqda.

 

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mart oyidan buyon Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlari oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, bir milliondan ziyod aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.