Jahon

Hindiston va Pokiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Hindiston harbiylari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan "terrorchilar"ni to‘xtatishga uringan.

Hindiston va Pokiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat chizig‘ida (Line of Control) joylashgan Jammu va Kashmirning Rajauri sektorida ikki soat davom etgan qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Hindiston harbiylari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan "terrorchilar"ni to‘xtatishga uringan. Natijada tomonlar o‘rtasida taxminan ikki soat davom etgan shiddatli otishma yuz bergan.

 

NDTV qayd etishicha, bu 2025-yil may oyida Hindistonning "Sindur" harbiy operatsiyasi yakunlanganidan buyon o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilishi bilan bog‘liq ilk yirik hodisa hisoblanadi. Shunga qaramay, o‘tgan davr mobaynida chegarada kichik ko‘lamdagi otishmalar bir necha bor kuzatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik 2025-yil aprel oyida Jammu va Kashmirning Pahalgam shahri yaqinida sodir etilgan teraktdan so‘ng yana kuchaygan edi. Shundan so‘ng Hindiston "Sindur" operatsiyasini boshlab, Pokiston hududidagi "terrorchilik infratuzilmasi"ga zarbalar bergan.

 

Operatsiya boshlanganidan to‘rt kun o‘tib, tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq 2026-yil may oyida Hindiston Quruqlik qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Upendra Dvivedi zarurat tug‘ilsa, "Sindur 2.0" operatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.