O'zbekiston

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uchinchi qavatdan tushib ketdi

Bursa shahridagi o‘zbekistonlik ko‘ngillilar ayolning davolanishi va sog‘ayishiga ko‘maklashdi. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytarildi.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uchinchi qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Bursa shahrida baxtsiz hodisaga uchragan O‘zbekiston fuqarosi Z.N. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi hamkorligida vatanga qaytarildi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro ishlash maqsadida Bursaga borgan vaqtida uchinchi qavatdan yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan. U zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam orqali shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hodisadan xabar topgan Bursa shahridagi o‘zbekistonlik ko‘ngillilar jabrlanuvchining davolanishi va sog‘ayishiga ko‘maklashish maqsadida navbatchilik tashkil etgan.

 

Shundan so‘ng O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida fuqaro Turkiyadan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli olib kelindi.

 

Shuningdek, rasmiylar jabrlanuvchiga beg‘araz yordam ko‘rsatgan Bursa shahridagi ko‘ngilli vatandoshlar hamda “O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati”ga minnatdorlik bildirdi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"