Jahon

Kongo DRda Ebola virusi qurbonlari soni 930 nafardan oshdi

Tasdiqlangan kasallanish holatlari esa 2 344 taga yetdi.

Kongo DRda Ebola virusi qurbonlari soni 930 nafardan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola epidemiyasi tobora kuchayib bormoqda, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, virus oqibatida vafot etganlar soni kamida 930 nafarga yetgan, tasdiqlangan kasallanish holatlari esa 2 344 tani tashkil etmoqda.

 

Qayd etilishicha, faqat juma kunidan keyingi 24 soat ichida 37 nafar bemor vafot etgan. Bu epidemiya 15 may kuni rasman e’lon qilinganidan buyon kuzatilgan eng yuqori kunlik o‘lim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ebola Kngo DRda avvalgi epidemiyalarga qaraganda tezroq tarqalayotganidan ogohlantirdi. Tashkilot bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, 2018–2020 yillardagi Ebola epidemiyasida tasdiqlangan holatlar soni 2 ming nafarga yetishi uchun 10 oydan ortiq vaqt ketgan bo‘lsa, bu safar mazkur ko‘rsatkich atigi ikki oy ichida qayd etildi. JSST haqiqiy kasallanganlar soni rasmiy statistikadan kamida ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

 

Tedrosning so‘zlariga ko‘ra, ushbu epidemiya tarixdagi uchinchi eng yirik Ebola avj olishi bo‘lib, so‘nggi bir oy ichida tarqalish sur’ati avvalgi barcha epidemiyalardan yuqori bo‘lgan.

 

Kongo DRdagi 17-Ebola epidemiyasi mamlakatning shimoli-sharqidagi Ituri provinsiyasida bir necha kishining vafotidan so‘ng aniqlangan. Hozirgacha virus mamlakatning beshta viloyatida hamda qo‘shni Ugandada qayd etilgan. Biroq JSST ma’lumotiga ko‘ra, Uganda deyarli Ebola virusidan xoli hududga aylangan bir paytda, Kongo DRda kasallik misli ko‘rilmagan tezlikda tarqalmoqda.

 

Vaziyatni murakkablashtirayotgan omillardan yana biri Ituri provinsiyasidagi tibbiyot xodimlarining ish tashlashidir. Ular epidemiya boshlanganidan buyon xavfli sharoitlarda ishlayotganiga qaramay, mehnatiga haq to‘lanmaganini bildirib, Bunia umumiy shifoxonasiga kirishni to‘sib qo‘ygan.

 

JSST ma’lumotiga ko‘ra, yangi aniqlanayotgan holatlarning 80 foizdan ortig‘i ilgari kuzatuvga olingan kontaktlar ro‘yxatidan tashqarida aniqlanmoqda. Bu esa virusning yuqish zanjirlari hali ham to‘liq aniqlanmayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Kongo DR Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 724 nafar bemor shifoxonalarda izolyatsiyada davolanmoqda. So‘nggi 24 soat ichida yana 22 nafar bemor sog‘aygani qayd etilgan, epidemiya o‘choqlarida esa kasallik tarqalishini jilovlash bo‘yicha choralar kuchaytirilmoqda.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.