Jahon

Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish asoslari kengaytirildi

Deportatsiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moddalari soni 22 tadan 45 taga yetkazildi.

Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish asoslari kengaytirildi

 

Rossiya Davlat Dumasi chet el fuqarolarini deportatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiruvchi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi.

 

Yangi qonunga muvofiq, deportatsiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks moddalari soni 22 tadan 45 taga yetkazildi.

 

Endilikda quyidagi huquqbuzarliklar ham deportatsiya uchun asos bo‘lishi mumkin:

  • millat, din yoki jinsga ko‘ra kamsitish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik;

  • mayda bezorilik;

  • miting va ommaviy tadbirlar qoidalarini buzish;

  • yo‘llarni to‘sib qo‘yish;

  • giyohvand moddalarni iste’mol qilish;

  • taqiqlangan ramzlarni targ‘ib qilish;

  • Rossiya Qurolli kuchlari obro‘siga putur yetkazish;

  • Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqiriqlar.

 

Shuningdek, xorijiy agentlar faoliyati qoidalarini buzish, favqulodda holat rejimini buzish hamda nomaqbul deb topilgan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish ham deportatsiya uchun asoslar qatoriga kiritilgan.

 

Qonun bilan birga, mamlakatga kirish qoidalarini buzish va noqonuniy mehnat faoliyati uchun belgilangan jarimalar ham oshirilmoqda. Minimal jarima miqdori 2 ming rubldan 4 ming rublgacha ko‘tariladi.

 

Bundan tashqari, qonunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari endilikda deportatsiyadan qochish uchun oilaviy ahvoli yoki Rossiyada uzoq muddat yashaganini asos sifatida ko‘rsata olmaydi.

 

Davlat Dumasi, shuningdek, har qanday sudlanganlik holatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligi, yashash guvohnomasi yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini berishni taqiqlovchi qonunni ham qabul qildi. Mazkur cheklov qochqinlar va siyosiy boshpana olgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

 

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 90 kun o‘tib kuchga kiradi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"