Jahon

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urush sabab Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar paketini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. 

Juma kuni imzolangan qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin, yuqori martabali amaldorlar va oligarxlar, shuningdek, Rossiya banklari va moliya institutlariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadi.

Shuningdek, Moskvaning energetika va mudofaa tarmoqlari hamda Rossiya neftini G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda tashishda foydalanilayotgan tankerlarning «soya floti» ham cheklovlarga tushadi.

Qonunning muhim bandlaridan biriga ko‘ra, Tramp Rossiya nefti va gazining beshta eng yirik xaridoriga 100 foizgacha boj tariflarini joriy etish vakolatiga ega bo‘ladi. Ushbu chora Rossiya xom neftining eng yirik importchilari bo‘lgan Xitoy va Hindistonga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qonun, shuningdek, Eronning energetika va qurol-yarog‘ tarmoqlariga qarshi sanksiyalarni kengaytiradi.

Hujjat Senatda o‘tgan oy, Vakillar palatasida esa chorshanba kuni ma’qullangan. Vakillar palatasida 58 nafar demokrat qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan.

Qonun tarafdorlari sanksiyalar Kremlning urushni moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklashi va Rossiyani muzokaralarga undashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujjatni «nihoyatda kuchli vosita» deb atagan.

Biroq Vakillar palatasidagi Demokratik ozchilik yetakchisi Hakim Jefrays qonunga qarshi chiqdi. Uning ta’kidlashicha, yangi tarif vakolatlari AQSHdagi oilalar xarajatlarini oshirishi mumkin. U sanksiyalar bilan bog‘liq qoidalarda «ko‘plab bo‘shliqlar» mavjudligini ham bildirgan.

Hindiston esa yangi tariflar tahdidiga qaramay, 1,4 milliard aholisi uchun energiya xavfsizligini ta’minlashga qat’iy sodiqligini ma’lum qilgan.

Trampning qonunni imzolashi Xitoy prezidenti Si Szinpinning Oq uyga tashrifidan taxminan bir hafta oldin sodir bo‘ldi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.