Jahon

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Ukrainaning Moskva viloyatiga uyushtirgan yirik dron hujumlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodi ham dronlar nishoniga aylangan. Bu haqda Rossiya rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, shanba kunidan buyon Rossiya hududida 1600 dan ortiq dron urib tushirilgan. Shundan 450 tasi Moskva tomon yo‘nalgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta dron neftni qayta ishlash zavodi hududiga yetib kelgan, ulardan biri turar joy binosiga urilgan. Moskvada qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

 

Reuters muxbirlari Moskva shahrida portlashlar ovozini eshitgan va neftni qayta ishlash zavodi hududidan tutun ko‘tarilganini ko‘rgan. Zavodga yetkazilgan zararning ko‘lami hozircha ma’lum emas.

 

Moskva viloyatining Ramenskoye tumanida 21 qavatli turar joy binosidan 400 kishi, jumladan, 70 nafar bola evakuatsiya qilingan. Bir qator uylar zarar ko‘rgan.

 

Ukraina hujumlar yuzasidan hozircha izoh bermagan. Rossiya va Ukraina tomoni tinch aholini nishonga olmasligini ta’kidlab keladi.

 

Hujumlar Rossiyada parlament saylovlarining so‘nggi kunida sodir bo‘lgan. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum saylovlarni izdan chiqarish maqsadida rejalashtirilganini aytdi. Biroq bu bayonot Ukraina tomonidan tasdiqlanmagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva neftni qayta ishlash zavodi 2024-yilda 11,6 mln tonna neftni qayta ishlagan. Undan 2,9 mln tonna benzin va 3,2 mln tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"