Jahon

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Hindistonda bir necha haftadan buyon davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosidan so‘ng yakunlandi. Bu haqda "Suvaraklar" harakatiga tayanib, AP xabar berdi.

 

Pradhan X ijtimoiy tarmog‘ida iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Uning iste’fosi mamlakat bo‘ylab namoyishlar, o‘tirish aksiyalari va ochlik e’lon qilish tadbirlarini uyushtirgan yoshlar harakati uchun muhim g‘alaba sifatida baholanmoqda.

 

Noroziliklar bir oydan ortiq vaqt avval Hindistondagi yirik kirish imtihonlarida savollar sizib chiqqani haqidagi ayblovlardan keyin boshlangan edi. Dastlab ta’lim tizimini isloh qilish talabi bilan boshlangan harakat keyinchalik ishsizlik, hukumatning javobgarligi va iqtisodiy imkoniyatlar masalalarini ham qamrab oldi.

 

Harakat tashkilotchilarining bildirishicha, hukumat ta’lim tizimini isloh qilish, imtihon savollarining sizib chiqishi ortidan o‘z joniga qasd qilgan talabalar oilalariga kompensatsiya to‘lash hamda namoyishlarda qatnashganlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rmaslik haqidagi talablarni qabul qilgan. Shundan so‘ng ular namoyishlarni to‘xtatishga chaqirdi.

 

Pradhanning iste’fosi haqidagi xabar Nyu-Dehlida bir oydan ortiq vaqt davomida namoyish o‘tkazgan minglab ishtirokchilar tomonidan tantanalar bilan kutib olindi.

 

Mazkur noroziliklar Bosh vazir Narendra Modi hukumati so‘nggi yillarda duch kelgan eng yirik jamoatchilik bosimlaridan biri bo‘ldi. Avvalroq hukumat imtihon savollarining sizib chiqishi bilan bog‘liq ishlarni tezkor ko‘rib chiqish va imtihon tizimidagi firibgarlik hamda korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirishni va’da qilgan edi. Biroq namoyishchilar bu choralarni yetarli emas deb hisoblagan.

 

Muxolifat vakillari esa ta’lim vazirining iste’fosini hukumatning jamoatchilik bosimi qarshisida yon bergani sifatida baholadi. Parlamentdagi muxolifat yetakchisi Rahul Gandi buni Hindiston ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.