Jahon

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Dayr az-Zor–Damashq avtomagistralida 25-iyul kuni sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi.

 

SANA agentligi xabariga ko‘ra, avariya As-Suxna va Palmira shaharlari oralig‘ida ikki avtobusning to‘qnashuvi natijasida yuz bergan.

 

Hodisadan so‘ng Suriya Mudofaa vazirligi jabrlanganlar va halok bo‘lganlarni Homs harbiy shifoxonasiga yetkazish uchun tibbiy evakuatsiyaga bir nechta vertolyotni jalb qildi.

 

Ichki ishlar vazirligi tez yordam brigadalari va tegishli xizmatlar zudlik bilan voqea joyiga yetib borganini, jabrlanganlarni shifoxonalarga olib borish hamda halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Tez tibbiy yordam va shoshilinch tibbiy xizmatlar boshqarmasi direktori Najib al-Naasanning bildirishicha, ayni paytda avariya oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi esa jarohatlangan.

 

Shuningdek, Suriya Fuqaro mudofaasi xizmati Palmiradagi qutqaruv guruhlarini hodisa joyiga yuborgan, Dayr az-Zordagi bo‘linmalardan esa qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.