O'zbekiston

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Belarusga ishlash uchun borib qiyin ahvolda qolgan fuqaro diplomatik vakolatxona hamda Migratsiya agentligi ko‘magida u O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

 

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasiga fuqaro M.T. murojaat qilib, og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgani sababli vatanga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.

 

Aniqlanishicha, M.T. joriy yilning iyul oyida mehnat faoliyatini olib borish maqsadida Belarusga borgan. Biroq Minsk shahriga yetib kelgach, uni ishga taklif qilgan shaxs aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bir necha kun davomida ish beruvchi bilan bog‘lanishga urinishlar samara bermagach, fuqaro mablag‘siz va qarovsiz qolgan.

 

Shundan so‘ng elchixona xodimlari fuqarodan zarur ariza va hujjatlarni tezkor tartibda qabul qilgan. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uning nomiga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta rasmiylashtirilgan.

 

Ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida M.T. 24-iyul kuni Belavia aviakompaniyasining Minsk–Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"