Jahon

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga 4,6 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgan.

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

 

Yaponiyaning Kyushu orolida sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida qulagan binolar, yong‘inlar va infratuzilmaga jiddiy zarar yetgan. Hozirda yordam kutayotgan fuqarolarni qutqarish ishlari barcha tegishli xizmatlar tomonidan davom ettirilmoqda.

 

«13 kishining vafot etgani tasdiqlandi. Bundan tashqari, ko‘plab odamlar jarohat olgan. Ayrim hududlarda odamlar hanuz yordam kutmoqda. Imkon qadar ko‘proq inson hayotini saqlab qolish uchun barcha resurslarimiz safarbar etilgan», — dedi bosh vazir.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi og‘ir, 29 kishi yengil tan jarohati olgan. 9 mingdan ortiq fuqaro vaqtinchalik evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.

 

Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida 36,9 mingga yaqin xonadon elektr energiyasisiz, 84 mingga yaqin uy va xonadon ichimlik suvisiz, 9,5 ming iste’molchi esa gaz ta’minotisiz qolgan. Ayrim hududlarda aloqa tizimlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga Yaponiya O‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarining 4,6 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgan.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, 7,1 magnitudali zilzila so‘nggi yillarda Yaponiyada kuzatilgan eng kuchli tabiiy ofatlardan biri bo‘ldi. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"