O'zbekiston

Damas’da 28 nafar bola tashigan haydovchiga jarima bali yozildi

Bolalarning besh nafari avtomobilning old o‘rindig‘ida joylashtirilgan bo‘lgan

Damas’da 28 nafar bola tashigan haydovchiga jarima bali yozildi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Damas rusumidagi avtomobilda 20  nafardan ortiq bola noqonuniy ravishda tashilayotgani aniqlandi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshloq tumanining Turvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasida 28 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi olib ketilayotgan bo'lgan.

 

Qayd etilishicha, bolalarning besh nafari avtomobilning old o‘rindig‘ida joylashtirilgan bo‘lgan. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligi talablariga zid hisoblanadi.

 

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128¹⁸-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda uning hisobiga 0,3 jarima bali yozildi.

 

Mas’ullar ota-onalarni farzandlarini belgilangan me’yorlardan ortiq yo‘lovchi tashiyotgan transport vositalariga chiqarmaslikka chaqirib, bunday holatlar bolalar hayoti va xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"