Jahon

Qozog‘istonda xorijliklar uchun pullik elektron kirish ruxsatnomasi joriy etilishi mumkin

To‘lovlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Qozog‘istonda xorijliklar uchun pullik elektron kirish ruxsatnomasi joriy etilishi mumkin

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xorijliklar uchun mamlakatga pullik elektron kirish ruxsatnomalarini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat “Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar” portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, deya xabar bermoqda Meduza.

 

Qaror loyihasiga ko‘ra, to‘lovlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Biroq elektron ruxsatnoma narxi hamda yangi tartib qaysi toifadagi xorijliklarga tatbiq etilishi hozircha ochiqlanmagan.

 

Ma’lum qilinishicha, pullik elektron kirish ruxsatnomalarini 2026-yil avgust–dekabr oylarida bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

 

Loyiha prezident Qosim-Jomart To‘qayevning migratsiya nazoratini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha topshirig‘i ijrosi doirasida ishlab chiqilgan. Joriy yil iyun oyida prezident elektron kirish ruxsatnomasi tizimini joriy etishga huquqiy asos yaratgan qonunni imzolagan edi.

 

Qaror loyihasi 17-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

custom img

Afg‘onistonda 7 ta xususiy universitet faoliyati bir yilga to‘xtatildi

Shuningdek, 2 ta universitetning litsenziyasi bekor qilindi.

custom img

Eron iqtisodiyoti juda yomon ahvolda — Tramp

AQSh prezidenti Tehron bilan qisman muzokaralar olib borilayotganini va kelishuvga erishilishi mumkinligini ta’kidladi.

custom img

UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Tekshiruv Infantino UEFA bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda sobiq xodimaga to‘langan olti xonali kompensatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

custom img

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

custom img

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy aks etgan video e’lon qilindi

Lavha qachon va qayerda suratga olingani ma’lum qilinmagan.

custom img

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"