Jahon

Tramp Vensni o‘z vorisi sifatida ko‘rmoqda — WP

Tramp shu paytgacha omma oldida Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida aniq tanlov qilmagandi.

Tramp Vensni o‘z vorisi sifatida ko‘rmoqda — WP

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi homiylariga vitse-prezident Jey Di Vensni 2028-yilgi prezidentlik saylovida qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini aytdi. Bu haqda The Washington Post'ga tayanib, Anadolu xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp taxminan ikki hafta avval Oq uyda homiylar bilan uchrashuvda: "Oxir-oqibat, biz Jey Dini saylashimiz kerak", degan.

 

Qayd etilishicha, Tramp shu paytgacha omma oldida Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida aniq tanlov qilmagan. U har ikki siyosatchini maqtab kelgan va o‘zining afzal vorisi kimligini ochiqlamagan.

 

Shunga qaramay, manbalardan biri Tramp xususiy suhbatlarda Vensni o‘zidan keyin Respublikachilar partiyasiga yetakchilik qiladigan siyosatchi sifatida ko‘rayotganini aytgan. Biroq boshqa maslahatchilar prezident hali yakuniy qarorga kelmaganini va fikrini o‘zgartirishi mumkinligini bildirgan.

 

Hozircha Jey Di Vens 2028-yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishini rasman e’lon qilmagan. The Washington Post’ga ko‘ra, u bu masalada keyinroq qaror qabul qilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik sulh uzaytiriladi

yakuniy muddat hozircha aniqlashtirilmoqda.

custom img

“Bu allaqachon zombi davlat” — Pentagon sobiq maslahatchisi

Duglas Makgregor Ukraina Rossiya zarbalari va havo mudofaasidagi muammolar sabab “xarobalar uyumiga” aylanishi mumkinligini aytdi.

custom img

Hirotda BMTning ikki xodimi Tolibon razvedkasi tomonidan hibsga olindi

Ularning nima sababdan hibsga olingani va qanday ayblovlar qo‘yilgani haqida ma’lumot berilmagan.

custom img

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Qimmat buyumlar saqlangan eski harbiy bunkerlardan ayrimlarini “Rossiya tahdidi” fonida o‘q-dorilar uchun qayta ishga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash rezervuari qulab, yong‘in yuzaga kelgan, biroq hodisa tezda nazoratga olingan.

custom img

“Rossiya kemalari musodara qilinsa, javob qaytaramiz” – Putin

Rossiya prezidenti Yevropa davlatlarini Rossiya savdo kemalarini qo‘lga olishdan ogohlantirdi va bunday holat javobsiz qolmasligini aytdi.

custom img

YUNESKO Afg‘oniston ta’lim tizimidagi inqiroz chuqurlashishidan ogohlantirdi

Tolibonning ayollar va qizlarning ta’lim olishiga qo‘ygan cheklovlari mamlakatdagi malakali ayol o‘qituvchilar tanqisligini kuchaytirib, ta’lim tizimiga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin.

custom img

Yaqin Sharqda yangi alyans tuzildi

Yaqin Sharq mintaqasida yangi harbiy blok tashkil qilindi. Bu qanchalik muhim edi? O‘zi shundoq ham Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida harbiy kelishuv bor edi. Bu kelishuvdan kimlardan manfaatdor. “Makka” harbiy kelishuvi Eronga qarshi qaratilganmi?

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"