Jahon

Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘ldi

Zilzila Choko provinsiyasida 107 kilometr chuqurlikda qayd etilgan va mamlakatning bir qator yirik shaharlarida ham sezilgan.

Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning g‘arbiy qismida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lib, kamida 82 kishi halok bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida bir necha shaharda binolar qulagan, ayrim odamlar vayronalar ostida qolgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila dushanba kuni erta tongda Tinch okeani sohilidagi Choko provinsiyasida, San-Xose-del-Palmar shahri yaqinida 107 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Zilzila mamlakatning yirik shaharlarida ham sezilgan.

 

Eng ko‘p qurbonlar g‘arbdagi Risaralda provinsiyasida qayd etilgan. Viloyat gubernatori Xuan Diego Patinoning ma’lum qilishicha, hududda 42 kishi halok bo‘lgan.

 

Kolumbiyaning yirik shaharlaridan biri Kali ham zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan. Shahar meri Alexandro Ederning aytishicha, kamida 30 ta bino qulagan, qutqaruvchilar esa ularning 10 tasida ish olib bormoqda. Hozircha shahardagi qurbonlar soni rasman tasdiqlanmagan.

 

Provinsiya poytaxti Pereyrada ham binolar qulagan. Manizales shahridagi neogotik sobor minoralaridan birining yuqori qismi ham zilzila oqibatida qulab tushgan.

 

Zilzila markaziga eng yaqin Choko provinsiyasi gubernatori Nubia Karolina Kordoba-Kuri Kivdo shahrida qurbonlar, o‘nlab jabrlanganlar va katta vayronagarchiliklar qayd etilganini bildirgan. Aholi takroriy zilzilalar ehtimolidan ogohlantirilgan.

 

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar va vayronagarchiliklar soni ortishi mumkin.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"