Jahon

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

 

Argentinalik futbolchi Lionel Messi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng “Inter Mayami”dagi futbolchilik faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Doble Amarilla ma’lumotlariga ko‘ra, klub futbolchiga oilaviy yo‘qotish munosabati bilan muddatsiz ta’til bergan. Uning jamoaga qachon qaytishi hozircha ma’lum emas.

 

Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Argentinaning Rosario shahrida vafot etgan edi. U Lionel Messining uzoq yillar davomida agenti ham bo‘lgan. Xorxe Messi futbolchining faoliyatida, xususan, uning professional futboldagi ilk qadamlarida muhim rol o‘ynagan.

 

Otasi vafotidan so‘ng Lionel Messi “Inter Mayami” lagerini tark etib, Argentinaga qaytgan. Shu sababli u klubning “Monterrey”ga qarshi uchrashuvida maydonga tushmagan. Mazkur bahsda “Inter Mayami” 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

 

“Inter Mayami” futbolchilari Xorxe Messi xotirasini hurmat qilib, uchrashuv oldidan sukut saqlashgan va qora bog‘ichlarda maydonga tushishgan. Klub vakillari hamda jamoadoshlari Lionel Messiga ta’ziya va qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

 

Hozircha Messining “Inter Mayami” safidagi o‘yinlarga qachon qaytishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.