O'zbekiston

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

O‘zbekistonda shaharsozlik talablarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun qurilishning har bir kvadrat metriga BHMning 5 baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llash taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

11-avgust kuni Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilgan hujjat bilan Shaharsozlik kodeksi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

 

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nozimbek Rustambekovning ma’lum qilishicha, amaldagi ta’sir choralari ayrim hollarda huquqbuzarliklar uchun yetarli iqtisodiy to‘siq yaratmayapti. Amaliyotda qurilishni sun’iy ravishda cho‘zish, yer uchastkasini qurilishsiz zaxirada saqlash, tasdiqlangan shaharsozlik va loyiha hujjatlariga zid qurilish hamda vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilish ishlarini boshlash kabi holatlar uchramoqda.

 

Qonun loyihasida shaharsozlik talablarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiya joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bunda har qanday texnik xato yoki kamchilik uchun emas, qonunda aniq belgilangan qo‘pol huquqbuzarliklar uchun javobgarlik qo‘llanadi.

 

Xususan, tasdiqlangan shaharsozlik va loyiha hujjatlariga zid ravishda qurilish olib borish, yer uchastkasining funksional maqsadiga mos bo‘lmagan obyekt qurish, tegishli loyiha hujjatlarisiz qurilish ishlarini bajarish, shuningdek, ayrim yirik noturar obyektlarni vakolatli organni xabardor qilmasdan qurishni boshlash yoki yolg‘on ma’lumot taqdim etish shular jumlasidan.

 

Bunday holatlar aniqlangan taqdirda buyurtmachi, pudratchi va tegishli hollarda subpudratchiga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtga qadar amalga oshirilgan jami qurilish hajmining har bir kvadrat metri uchun BHMning 5 baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanishi mumkin.

 

Bunda jarimani to‘lash noqonuniy qurilishni qonuniylashtirmaydi. Huquqbuzar obyektni shaharsozlik hujjatlari va qonunchilik talablariga muvofiq holatga keltirishi kerak bo‘ladi.

 

Majlisda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda shaharsozlik qonunchiligini buzish bilan bog‘liq qariyb 8 mingta huquqbuzarlik aniqlangan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 9 mingtaga yetgan. 2025-yilda esa 2653 ta holatda ma’muriy jarima qo‘llanilgan, 2350 ta obyektda aniqlangan qoidabuzarliklar buzdirish orqali bartaraf etilgan.

 

Qonun loyihasida, shuningdek, urbanizatsiya sohasidagi huquqiy munosabatlarni Shaharsozlik kodeksida tizimli ravishda mustahkamlash va Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasining vakolatlarini belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Deputatlar hujjat noqonuniy qurilishlarni qisqartirish, qurilish bozorida halol raqobatni ta’minlash, yer va ko‘chmas mulk resurslaridan samarali foydalanish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.