Jahon

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlab, tashkilot rahbariyatining uni almashtirish haqidagi ehtimoliy qarori xato bo‘lishini aytdi.

 

Tramp bu haqdagi fikrlarini Truth Social platformasida bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Infantino FIFA rahbari sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

 

“U ajoyib. U avvalgilariga qaraganda to‘rt baravar muvaffaqiyatli bo‘lgan Jahon chempionatini boshqardi. Agar Infantino ketsa, Jahon chempionatlari hech qachon avvalgidek muvaffaqiyatli yoki daromadli bo‘lmaydi”, — deb yozgan Tramp.

 

Infantino 2016-yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2019 va 2023-yillarda ushbu lavozimga qayta saylangan. FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027-yilda o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Infantino faoliyati so‘nggi vaqtlarda FIFA doirasidagi ayrim tashabbuslar sabab tanqid ostida qolgan. Xususan, tashkilotning tijoriy va turnirlarni tashkil etish faoliyatini birlashtiruvchi FIFA Forward Enterprise loyihasiga xususiy investorlarni jalb qilish rejasi UEFA va futbol hamjamiyatining noroziligiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik FIFA ushbu rejadan voz kechgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"