Jahon

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash rezervuari qulab, yong‘in yuzaga kelgan, biroq hodisa tezda nazoratga olingan.

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Liviyaning Zaviya shahridagi neft majmuasiga portlovchi moddalar ortilgan dronlar hujum qildi. Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash inshootida yong‘in yuzaga kelgan. Mamlakat Milliy neft korporatsiyasi (NOC) yong‘in tezda nazoratga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Tripolidan g‘arbda joylashgan Zaviya neft majmuasida mamlakatning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni noma’lum kuchlar tomonidan uyushtirilgan hujumda neftni qayta ishlash korxonasiga portlovchi moddalar ortilgan dronlar zarba bergan. Yong‘in oqibatida taxminan 4,5 million litr benzin saqlangan rezervuar qulab tushgan.

 

Zavod egasi Brega Petroleum Marketing kompaniyasi yong‘in kutilganidan tezroq o‘chirilganini bildirgan. Muhandislar Reuters agentligiga zararning cheklanganini, biroq korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

 

Liviyaning xalqaro tan olingan bosh vaziri Abdulhamid Dbayba fuqarolik infratuzilmasiga hujum “javobsiz qolmasligi”ni aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim obyektlarga dronlar orqali zarba berish “uyushgan va xavfli harakat” bo‘lib, bunga qat’iy javob qaytarish zarur.

 

Shuningdek, seshanba kuni erta tongda yana ikki dron Zaviya elektr stansiyasini nishonga olgan. Ulardan biri yong‘inga qarshi tizimga urilgan, biroq jiddiy zarar yetkazilmagan.

 

Qayd etilishicha, hujumlar Liviyadagi davomli xavfsizlik muammolari fonida yuz berdi. Mamlakat 2011-yilda Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag‘darilganidan buyon siyosiy jihatdan bo‘linib kelmoqda. Tripolidagi hukumat mamlakat g‘arbini, Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya Milliy armiyasi esa sharqiy hududlar va janubning ayrim qismlarini nazorat qiladi.

 

Hodisa ortidan Beng‘ozida ham zo‘ravonlik yuz bergan. Liviya Milliy armiyasi harbiy razvedka boshlig‘i Favzi al-Mansuri avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Portlash uchun javobgarlar hozircha aniqlanmagan.

 

Liviya Afrikadagi eng yirik tasdiqlangan neft zaxiralariga ega davlat hisoblanadi. Iyun oyida mamlakatda neft qazib olish hajmi sutkasiga 1,44 million barrelga yetgan. Bu 2013-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lsa-da, hukumatning kuniga 2 million barrel qazib olish maqsadidan past.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"