Jahon

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Qimmat buyumlar saqlangan eski harbiy bunkerlardan ayrimlarini “Rossiya tahdidi” fonida o‘q-dorilar uchun qayta ishga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Shveysariyaning Alp tog‘larida o‘ta boy insonlarning qimmatbaho buyumlarini saqlashga mo‘ljallangan yer osti g‘orlari tashkil etilmoqda. Loyiha kelasi yildan ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

Loyiha ishlab chiquvchisi Tomas Gasserning ma’lum qilishicha, Shveysariyaning markaziy qismidagi Bryunig massivida qariyb 20 ta yer osti ombori jihozlanadi. Ularda san’at asarlari, qimmatbaho metallar, kolleksion avtomobillar va qimmatbaho vinolarni saqlash mumkin bo‘ladi.

 

Inshootlarga kirish nazorat-o‘tkazish punktidan boshlanadi. Shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar bir nechta qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi. Xavfsizlik tizimining tafsilotlari oshkor qilinmagan.

 

Har bir g‘ordan foydalanish huquqi 99 yilga ijaraga beriladi. Narxlar 1 million Shveysariya frankidan, ya’ni taxminan 1,07 million yevrodan boshlanadi. Loyiha mualliflari bunday xizmatga talab yuqori ekanini ta’kidlamoqda. Ayrim mijozlar allaqachon inshootlardan foydalanish huquqini sotib olgan.

 

Tomas Gasserning aytishicha, ayrim boylar o‘z aktivlarining bir qismini xavfsiz joyda saqlashga intilmoqda. U bu holatni ilgari xavfsiz hudud sifatida ko‘rilgan Dubayning jozibadorligi borasidagi qarashlar o‘zgarayotgani bilan izohlagan.

 

Qayd etilishicha, Shveysariyada ilgari qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun eski harbiy bunkerlardan foydalanilgan. Hozir mamlakat armiyasi “Rossiya tahdidi” sharoitida ayrim bunkerlardan yana foydalanish, xususan, o‘q-dorilar va zarur buyumlarni saqlash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"