Jahon

Rossiyalik bloger qozoqlarning rus tilini bilmasligini tanqid qilgani uchun Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Kseniya Guzayevaga Qozog‘istonga 5 yil muddatga kirish taqiqlandi.

Rossiyalik bloger qozoqlarning rus tilini bilmasligini tanqid qilgani uchun Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Qozog‘istonning Ostona shahrida rossiyalik strimer ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion va noo‘rin bayonotlari sabab mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda Ostona shahar politsiya departamentiga tayanib, TASS xabar berdi.

 

Politsiya xabariga ko‘ra, G. K. ismli xorijiy fuqaro Qozog‘iston hududini tark etgan. Avvalroq sud uni ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion va noo‘rin bayonotlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortgan. Unga Qozog‘istonga besh yil muddatga kirish taqiqlandi.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, gap Fasoollka taxallusi bilan tanilgan rossiyalik strimer Kseniya Guzayeva haqida ketmoqda. U ijtimoiy tarmoqlardagi jonli efirlarida, jumladan, Twitch platformasida Pavlodar shahrining Qozog‘istonga tegishliligini shubha ostiga qo‘ygan hamda mahalliy aholini haqorat qilgan.

 

Qozog‘iston politsiyasi qonunlarga rioya qilish va mamlakatga hurmat bilan munosabatda bo‘lish barcha uchun majburiy ekanini ta’kidladi. Idora strimerning politsiyachilar hamrohligida samolyotga chiqayotgani aks etgan videoni ham e’lon qilgan.

 

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, internet jamoat joyiga tenglashtirilgan. Politsiya internet tarmog‘ida doimiy monitoring olib boradi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"