Jahon

Emomali Rahmon Tursunzodada o‘zbek maktabi qurishni buyurdi

Tojikiston Prezidenti shaharning o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholisi uchun o‘zbek maktablarini qurishni va ularni o‘zbekcha darslik hamda o‘quv materiallari bilan ta’minlashni topshirdi.

Emomali Rahmon Tursunzodada o‘zbek maktabi qurishni buyurdi

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Tursunzoda shahridagi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholi uchun o‘zbek tilida ta’lim beriladigan ta’lim muassasalarini qurish va ularni o‘zbek tilidagi darslik hamda o‘quv materiallari bilan ta’minlashni topshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidentining Tursunzodaga ishchi tashrifi davomida ma’lum qilindi, deya yozmoqda “Xovar”.

 

Emomali Rahmon Tursunzoda shahridagi 21-sonli umumta’lim muassasasining ochilish marosimida qatnashib, qurilish ishlarining sifatini yuqori baholadi. U mas’ullar va pedagoglarni ta’lim va tarbiya sifati hamda darajasini oshirishga yanada mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

 

Prezident pedagoglar bilan suhbatda zamonaviy fanlarni rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, tabiiy, aniq va matematika fanlari hamda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 

Tashrif doirasida Tursunzoda shahrida jami 60 ta obyekt qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ular orasida ikki smenada 18 ming 200 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 20 ta umumta’lim muassasasi, 950 nafar bolaga mo‘ljallangan 5 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, 4 ta sanoat korxonasi, 1 ta turizm obyekti, 5 ta xizmat ko‘rsatish obyekti, 6 ta sport maydonchasi, umumiy sig‘imi 5 ming 300 tonna bo‘lgan 3 ta zamonaviy sovutish majmuasi, 9 ta ko‘p qavatli turar joy binosi, ma’muriy va madaniy inshootlar, Davlat bayrog‘i maydoni hamda Madaniyat va istirohat bog‘i bor. Mazkur loyihalar natijasida 1 ming 220 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

 

Mas’ul shaxslarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Tursunzoda shahrida 132 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ularda 78 ming 863 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim va tarbiya olmoqda.

 

Tojikiston Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik doirasida Tursunzodada yana 24 ta ta’lim muassasasini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Hozirgacha ulardan 19 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 8 ming 185 o‘rinni tashkil etadi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"