O'zbekiston

Ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv joriy etiladi

Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay o‘tkazishi kerak.

Ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv joriy etiladi


 
O‘zbekistonda ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibiga yangi o‘zgartirishlar kiritildi. 14-avgust kuni qabul qilingan O‘RQ-1165-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


 
Qonun bilan ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. U ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining qonunchilikka zid va shaxslarning huquq hamda manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida o‘tkaziladi.


 Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay o‘tkazishi kerak.


 
Dastlabki eshituv davomida sudya arizachining talablarini va javobgarning e’tirozlarini aniqlashtiradi. Shuningdek, arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda taraflarga zarur dalillarni taqdim etish bo‘yicha tushuntirish beradi.


 
Sudya ishdagi talablar va dalillarga dastlabki huquqiy baho ham beradi. Bu bosqich ishni asosiy sud muhokamasiga puxta tayyorlash imkonini beradi.


 
Dastlabki eshituv yakunida sud arizani ko‘rmasdan qoldirish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.


 
Qonun bilan ma’muriy sudlarning vakolatlari ham kengaytirildi. Jumladan, sudlar ma’muriy ishlarni ko‘rish davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda tegishli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqishi belgilandi.


 
Qonunda fuqarolar yoki tadbirkorlar ustidan shikoyat qilayotgan ma’muriy organ mansabdor shaxsining suddagi ishtiroki masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan nizolashilayotgan ma’muriy organning mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud jarayonida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Uzrsiz sabab bilan sudga kelmagan mansabdor shaxsga nisbatan sud tomonidan tegishli protsessual choralar, jumladan sud jarimasi qo‘llanishi mumkin.


 
Bundan tashqari, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ishonchning huquqiy himoyasi prinsipi kiritildi.


 
Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlarning sud orqali huquqiy himoyasini kuchaytirish, ma’muriy nizolarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish hamda odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv joriy etiladi | Zamon.uz