Jahon

Islom Maxachev UFC tarixidagi rekordni yangiladi

34 yoshli MMA jangchisi irlandiyalik raqibini mag‘lub qilib, ketma-ket 17-jangida zafar quchdi.

Islom Maxachev UFC tarixidagi rekordni yangiladi

Bugun, 16-avgust kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan UFC 330 turnirining markaziy jangida rossiyalik Islom Maxachev irlandiyalik Ian Machado Gerrini mag‘lub etdi.

 

Jang besh raund davom etdi. Maxachev ikkinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan 49:46, 49:46, 48:47 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa u yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

34 yoshli Maxachev ushbu g‘alaba orqali ketma-ket 17-jangida zafar quchdi. Bu UFC tarixidagi eng uzun g‘alabali seriya bo‘lib, u Anderson Silvaning 16 ta ketma-ket g‘alabadan iborat rekordini yangiladi.

 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Maxachevning professional MMA’dagi rekordi 29 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

 

28 yoshli Ian Machado Gerri esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 17 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.