O'zbekiston

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Turkiyaning Aydin viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bank kartalari orqali amalga oshirilgan shubhali pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq holat yuzasidan tergov qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Turkiya Ichki ishlar vazirligining tegishli tuzilmalaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda. Yana bir qismi mamlakat hududidan chiqmaslik sharti bilan ozod qilingan va ularga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Fuqarolarga nisbatan qo‘llanayotgan huquqiy choralar ularning holatga aloqadorlik darajasi, bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazilgan mablag‘lar miqdori hamda tergov davomida aniqlanayotgan boshqa holatlardan kelib chiqib belgilanmoqda.

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vaziyatni Turkiyaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish doirasida zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Bosh konsulxona fuqarolarni bank kartalari, hisob raqamlari va mobil bank xizmatlarini begona shaxslarga bermaslikka, shuningdek, kelib chiqishi noma’lum mablag‘larni qabul qilmaslik va o‘tkazmaslikka chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, bank kartasi yoki hisob raqamini boshqa shaxslar foydalanishi uchun berish, shuningdek, kelib chiqishi noma’lum mablag‘larni o‘tkazishda vositachilik qilish Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jiddiy huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"