Jahon

Tenge 2026-yilda Yevropa va Osiyodagi eng kuchli valyutaga aylandi

Xalqaro investorlarning Qozog‘iston davlat obligatsiyalariga qiziqishi ortishi fonida tenge 2026-yilda AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga mustahkamlandi.

Tenge 2026-yilda Yevropa va Osiyodagi eng kuchli valyutaga aylandi

Qozog‘istonning milliy valyutasi — tenge 2026-yil boshidan buyon AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga mustahkamlanib, Yevropa va Osiyodagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan valyutaga aylandi. Financial Times buni mamlakat ichki davlat obligatsiyalariga xorijiy investorlar qiziqishining keskin oshishi bilan izohlamoqda.

 

Iyun oyiga kelib, xorijiy investorlarning tenge denominatsiyasidagi davlat obligatsiyalariga kiritgan mablag‘i 5 milliard dollarga yetgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan.

 

Investorlarni, avvalo, Qozog‘istondagi yuqori foiz stavkalari jalb qilmoqda. Iyul oyida mamlakat Markaziy banki bazaviy stavkani 16,75 foizgacha pasaytirgan. Shu bilan birga, yillik inflyatsiya 2025-yil sentyabridagi qariyb 13 foizdan 2026-yil iyunida 10 foiz atrofida bo‘lgan.

 

ING bosh iqtisodchisi Dmitriy Dolginning ta’kidlashicha, tengening joriy yildagi mustahkamlanishi savdo oqimlaridan ko‘ra kapital oqimi bilan ko‘proq bog‘liq. Qozog‘istonning ichki davlat obligatsiyalarini Euroclear xalqaro kliring tizimi orqali hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratish rejasi ham xorijiy investorlar uchun bozorni yanada qulaylashtirmoqda.

 

Qozog‘iston hukumati, shuningdek, milliy valyutadagi davlat obligatsiyalarini JPMorgan’ning rivojlanayotgan mamlakatlar obligatsiyalarini qamrab oluvchi GBI-EM indeksiga kiritishga intilmoqda. Bu mamlakatning xalqaro investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirishi mumkin.

 

Tengening mustahkamlanishi mamlakat neft eksportiga bosim kuchaygan bir paytda yuz bermoqda. Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi neft terminali orqali Qozog‘iston neftining katta qismi eksport qilinadi. Yoz oylarida ushbu yo‘nalishda yuz bergan hujumlar eksport jarayonlariga xalaqit bergan. Shunga qaramay, investorlar Qozog‘istonni Rossiyaga muqobil energiya ishlab chiqaruvchi davlat sifatida ham ko‘rmoqda.

 

Qozog‘istonning investitsiyaviy kredit reytingiga egaligi ham investorlar uchun muhim omil hisoblanadi. Goldman Sachs eksperti Klemens Grafning fikricha, xorijiy kapitalning mamlakatga qiziqishi faqat neft narxlariga bog‘liq emas.

 

Mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi ham oshgan. 2026-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6,3 milliard dollarni tashkil etgan. 

 

Hukumat neftdan tashqari daromadlarni ko‘paytirish uchun Qozog‘istonni Xitoydan Yevropaga yuk tashish yo‘nalishidagi muhim tranzit markaziga aylantirishni ham rejalashtirmoqda.

 

Avgust oyida Qozog‘iston Nvidia va Firebird kompaniyalari bilan mamlakatda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurishga qaratilgan 10 milliard dollarlik kelishuv imzolagan. Mutaxassislar bunday loyihalar ham mamlakatga xorijiy kapital oqimini kuchaytirishi va tenge kursini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini qayd etmoqda.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.