Jahon

AQShda favqulodda holat e’lon qilindi

Mamlakat elektr tarmog‘ida xorijiy uskunalardan foydalanishga cheklovlar joriy etiladi.

AQShda favqulodda holat e’lon qilindi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat elektr energetika tizimiga xorijdan yetkazib berilayotgan uskunalar bilan bog‘liq xavflar sabab milliy favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Farmonga ko‘ra, agar xorijda ishlab chiqarilgan elektr jihozlari yoki texnologiyalar milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi aniqlansa, AQSh rasmiylari ularni sotib olish, import qilish, o‘tkazish va o‘rnatishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin.

 

Trampning ta’kidlashicha, ma’lumotlar markazlari, sun’iy intellekt texnologiyalari va mudofaa sanoatining jadal rivojlanishi AQShning barqaror elektr ta’minotiga qaramligini yanada oshirgan. Shu sababli elektr tarmog‘iga qarshi ehtimoliy hujumlarning oqibatlari yanada jiddiy bo‘lishi mumkin.

 

Hujjatda ayrim yuqori kuchlanishli transformatorlar, aqlli elektron qurilmalar, generatorlar, quyosh va batareya tizimlari uchun invertorlar, shuningdek, elektr tarmog‘idagi zaifliklardan kiberhujumlarda foydalanish imkonini beradigan ayrim xorijiy dasturiy ta’minot va raqamli komponentlar xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Tramp farmonda xorijdan elektr jihozlari yetkazib berilishi bilan bog‘liq vaziyatni AQShning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid sifatida baholagan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.