O'zbekiston

Hindiston Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Hindiston Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

 

 

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

 

 

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

 

 

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"