Jinoyat

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Buxoroda tunda talaba qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni oraliq nazoratlardan o‘tkazib qo‘yishini aytgan va shahvoniy shilqimlik qilgan universitet tyutoriga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, hodisa 2026-yil 14-avgust kuni soat taxminan 22:00 da Buxoro shahridagi universitetlardan birida yuz bergan. Universitetda tyutor bo‘lib ishlovchi A.A. o‘zi rahbarlik qiladigan guruh talabasiga qo‘ng‘iroq qilgan.

 

Suhbat davomida tyutor talabani oraliq nazoratlardan o‘tkazib qo‘yishini aytib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Qiz uning gaplaridan qo‘rqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishini bildirgan. Shunga qaramay, A.A. qo‘ng‘iroq qilishda davom etib, talabaning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi nomaqbul so‘zlarni aytgan.

 

Sudda A.A. qilmishini tan olgan. U o‘sha kuni mast bo‘lgani sababli talabaga bunday taklif bilan chiqqanini aytgan. Shuningdek, qizdan kechirim so‘raganini va bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan.

 

Talaba qiz esa ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi A.A.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligini sodir etgan deb topgan.

 

Unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.