Jinoyat

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratish evaziga pul talab qilgan maktab direktori 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, fuqaro 2022-yil iyunidan buyon tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlab kelgan.

 

2026-yil may oyida maktab o‘qituvchisi 2026/2027-o‘quv yilida dars soatlarini ko‘paytirishni so‘rab direktorga murojaat qilgan. Direktor dastlab bunga rozi bo‘lmagan, biroq 1000 dollar berilsa, qo‘shimcha dars soatlari ajratilishida yordam berishini bildirgan. O‘qituvchi oilaviy sharoitini tushuntirgach, direktor 700 dollarga kelishgan.

 

Shundan so‘ng o‘qituvchi direktorning uyiga borib, unga avans sifatida 50 dollar bergan va holat yuzasidan Bosh prokuratura departamentining Chiroqchi tumani bo‘limiga murojaat qilgan. Murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, maktab rahbari ushlangan.

 

Sudda direktor pulni dars soatlarini ko‘paytirish evaziga emas, balki qarz sifatida olganini bildirgan va yengillik so‘ragan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi — pora olishda aybdor deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, u 2 yil davomida ta’lim muassasalarida rahbarlik hamda moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.