O'zbekiston

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Mashg‘ulotlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy, sport va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan respublika hududlarida 35 ta taniqli jurnalistning “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi.

 

Tashabbus Uyushma Ustavida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Unda o‘ziga xos ijod maktabini yaratgan jurnalistlar tajribasini ommalashtirish, “Ustoz-shogird” an’analarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh jurnalistlar bilan muntazam ishlash ko‘zda tutilgan.

 

35 ta “Mahorat maktabi”ning 20 tasi Uyushmaning hududiy bo‘limlari tomonidan muvofiqlashtiriladi. 15 tasi esa Toshkent shahrida Uyushmaning markaziy apparati qoshida faoliyat yuritadi.

 

Toshkent shahridagi mashg‘ulotlar O‘zbekiston Milliy matbuot markazida, Kontent markazida va tahririyatlarda o‘tkaziladi. Buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. “Mahorat maktabi”ni boshqargan ijodkorlarni rag‘batlantirish choralari ham ko‘riladi.

 

Saboqlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy jurnalistika, sport jurnalistikasi va fotоjurnalistika kabi yo‘nalishlarda olib boriladi.

 

“Mahorat maktablari”ga jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda sohaga qiziquvchi yoshlar jalb etiladi. Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

 

Uyushma ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus jurnalistlarning yangi avlodini tayyorlash borasida boshlangan tizimli faoliyatning uzviy qismi hisoblanadi. Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlar turli tanlovlar va loyihalar orqali izchil davom ettiriladi.

custom img

“Davolash ishi” o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturi joriy etiladi

Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

custom img

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

custom img

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

custom img

Glinka ko‘chasidagi avariya holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda bir oyda 71,9 mlrd so‘mlik gaz va “svet” o‘g‘irlandi

Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 321 ta holat aniqlandi.

custom img

Raqobat qo‘mitasi internet va raqamli xizmatlar platformalarini o‘rganmoqda

O‘rganishlarda ayrim platformalarda tariflar, narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari va ommaviy oferta to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"