O'zbekiston

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi



Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Musulmon Yunusovning farzandiga nogironlikni rasmiylashtirish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari muhokama qilinmoqda.



Mazkur holat Shahnoza Mirziyoyeva tomonidan atroflicha o‘rganilib, oilaga amaliy yordam ko‘rsatilgani maʼlum qilindi.



Shahnoza Mirziyoyeva nogironlikni belgilash tartibi barcha fuqarolar uchun yagona va shaffof ekanini taʼkidladi.



Shuningdek, joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan erta aralashuv, reabilitatsiya va abilitatsiya, kunduzgi parvarish hamda uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bolalar va ularning oilalari uchun mutlaqo bepul ekani qayd etildi.



Agar nogironlikni belgilash jarayonining biror bosqichida oiladan pul talab qilinsa yoki jarayon asossiz ravishda cho‘zilsa, bu qonunchilikning bevosita buzilishi hisoblanishi va bunday holatni hech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmasligi taʼkidlandi.



Shahnoza Mirziyoyeva fuqarolarning bildirilayotgan fikr-mulohazalari va murojaatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Uning qayd etishicha, yirik tizimda mavjud barcha kamchiliklarni darhol aniqlash har doim ham imkoni bo‘lmaydi. Shu bois fuqarolarning murojaatlari tizimdagi zaif nuqtalarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Shahnoza Mirziyoyeva uchun joriy etilayotgan xizmatlarning insonlarga amaliy naf keltirishi, har bir fuqaro uchun teng, manzilli va qulay bo‘lishi muhim ekani qayd etildi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.