O'zbekiston

Samarqandda Gentra haydovchisi BYD haydovchisini quvib, urdi

Gentra haydovchisi BYD avtomobili yo‘nalishiga chiqib ketgani sabab haydovchilar o‘rtasida janjal boshlangan.

Samarqandda Gentra haydovchisi BYD haydovchisini quvib, urdi

 

Samarqand shahrida yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, boshqa haydovchi bilan janjallashgan Gentra haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa Gentra haydovchisining BYD avtomobili haydovchisining yo‘nalishiga chiqib ketishi ortidan boshlangan. Haydovchilar o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan.

 

Shundan so‘ng Gentra haydovchisi BYD haydovchisini quvib borgan va jahl ustida uni urgan. Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

 

Gentra haydovchisi sodir etgan harakatidan pushaymonligini bildirib, BYD haydovchisi hamda YPX xodimlaridan uzr so‘ragan.

 

Holat yuzasidan YPX xodimi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi, profilaktika inspektori tomonidan esa mayda bezorilik uchun 183-modda asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuboriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"