O'zbekiston

Xorazmlik fuqaro 824 mln jarimaga tortilgani aytilmoqda

MIB holat yuzasidan Zamon.uz‘ga rasmiy munosabat bildirdi.

Xorazmlik fuqaro 824 mln jarimaga tortilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmlik tadbirkorga 824 mln so‘m miqdorida soliq jarimasi solingani haqida video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro B. Otayevning ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaati o‘rganilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, “MAMATSAPO XAJARBIBI” oilaviy korxonasining qoplanmagan soliq qarzini korxona rahbari B. M. Otayevdan subsidiar tartibda, ya’ni korxona tomonidan qoplanmagan majburiyatlarni uning shaxsiy mol-mulki hisobidan undirish belgilangan.

 

Sud hujjatiga asosan Xorazm viloyati soliq boshqarmasi foydasiga 792 948 384 so‘m soliq qarzi, 41 200 so‘m pochta xarajati hamda davlat foydasiga 31 717 935 so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.

 

MIB ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar soliq organi tomonidan tadbirkorga alohida jarima sifatida qo‘llanilgan summa emas. Qarzdorlik “MAMATSAPO XAJARBIBI” oilaviy korxonasi tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatlari natijasida yuzaga kelgan.

 

Mazkur qarzdorlikni tadbirkordan subsidiar tartibda undirish esa qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan belgilangan.

 

Ijro hujjatlari 2026-yil 29-avgust kuni MIBning tegishli bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Qarzdorni ijro hujjatida belgilangan majburiyatlardan xabardor qilish va ularni ixtiyoriy ravishda bajarish imkoniyatini ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda uning telefon raqamiga SMS-xabarnomalar yuborilgan.

 

Ayni vaqtda mazkur ijro hujjati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.