O'zbekiston

Kredit qarzini undirishda bank kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirish taklif etilmoqda

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Kredit qarzini undirishda bank kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirish taklif etilmoqda

Markaziy bank kredit qarzdorligini undirishda mijozning barcha bank kartalaridan mablag‘larni to‘liq yechib olishni cheklashni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, qarzdorning bank kartalari hisoblarida kamida 680 ming so‘m qoldirilishi kerak bo‘ladi.

 

Tegishli o‘zgartirishlar bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, kredit yoki kafillik bo‘yicha to‘lovlar mijozning topshirig‘isiz undirilganda, bank uning barcha bank kartalari hisoblarida eng kam ish haqining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak bo‘ladi.

 

Hozirda eng kam ish haqi 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan. Uning yarmi 680 ming so‘mni tashkil qiladi.

 

Bunda shartnomada majburiy rekvizitlari ko‘rsatilgan va/yoki qarzdorlik bo‘yicha to‘lovlarni undirish uchun bankning mobil ilovasiga ulangan bank kartalari bundan mustasno bo‘ladi.

 

Avvalroq UZCARD avtomatik akseptsiz yechib olish xizmati shartlarini o‘zgartirgani haqida xabar berilgan edi. 15-apreldan boshlab qarzdorlikni undirishda banklar mijoz kartasida kamida 3 BHM miqdoridagi kamaytirilmaydigan qoldiqni saqlashi kerak. Biroq mazkur qoida UZCARD to‘lov tizimi doirasida amal qiladi.

 

Markaziy bank yangi taklif orqali ushbu cheklovni tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.

 

Loyiha muhokamasi 14-sentyabrgacha davom etadi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.