O'zbekiston

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi temir yutishga majburlandi

Bola yot jismni yutib yuborgach, shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan.

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi temir yutishga majburlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o‘quvchisi og‘ir holatda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinib, o‘rganilmoqda.

 

Aniqlanishicha, 2-sentabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan tahdid qilingani va uning qarshiligiga qaramay, og‘ziga noma’lum jism solingani aytilmoqda. Bola ushbu jismni yutib yuborgan.

 

5-sentabr kuni o‘quvchining sog‘lig‘i yomonlashib, qorin qismidagi kuchli og‘riq sabab shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiy tekshiruvlar davomida uning ichki a’zolari qismida yot jism aniqlanib, shoshilinch operatsiya orqali olib tashlangan.

 

Hozirda bolaning ahvoli qoniqarli ekani va unga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Bolalar ombudsmani bolaning buzilgan huquqlarini tiklash hamda ta’lim muassasasida bolalar xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan holatni kuzatib bormoqda. Ombudsman kotibiyati xodimlari vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

 

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.