O'zbekiston

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

 

O‘zbekistonda ilgari rasman nomsiz bo‘lgan ikkita tog‘ cho‘qqisiga “Muzqoya” va “Qirqqiz” nomlari berildi. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 124 ta geografik obyektning nomlari davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirildi.

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 376-son qarorida belgilangan.

 

Qarorga muvofiq, respublika hududidagi tog‘ tizmalari, cho‘qqilar, dovonlar, daralar va g‘orlarning nomlari qayta ko‘rib chiqildi. Jami 124 ta geografik obyektning nomlari o‘zgartirildi yoki tuzatildi. Ularning 117 tasi tog‘ tizmalari, cho‘qqilar va dovonlar, qolganlari esa daralar va g‘orlardan iborat.

 

Yangi nom berilgan obyektlardan biri Qashqadaryo viloyatidagi Muzqoya cho‘qqisi bo‘lib, u Hisor davlat tabiat qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Cho‘qqining balandligi 4360 metrni tashkil etadi. Nom uning atrofidagi muzliklar mavjudligi bilan bog‘liq.

 

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi Qirqqiz cho‘qqisiga ham rasmiy nom berildi.

 

Hududlar kesimida Andijonda 1 ta, Buxoroda 12 ta, Farg‘onada 10 ta, Jizzaxda 54 ta, Namanganda 5 ta, Navoiyda 12 ta, Qashqadaryoda 11 ta, Samarqandda 6 ta, Surxondaryoda 4 ta va Toshkentda 8 ta geografik obyektning nomlari tasdiqlandi.

 

Islohotlar doirasida ayrim geografik nomlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va davlat tili me’yorlariga moslashtirildi. Jumladan, Jizzaxdagi Qizilturuk tog‘ tizmasi Qizilto‘riq, Navoiydagi Arystantov tog‘ tizmasi Arslontov, Qashqadaryodagi “Tamerlan g‘ori” esa Amir Temur g‘ori deb belgilandi.

Tasdiqlangan geografik nomlardan xaritalar, ma’lumotlar bazalari va rasmiy ish yuritishda foydalanish majburiy bo‘ladi. Tegishli davlat tashkilotlariga ikki oy muddatda xaritalar va ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.