O'zbekiston

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

 

Sudyalik lavozimiga nomzodlar va xalq maslahatchilari uchun belgilangan yosh chegarasini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish taklif qilinmoqda.

 

“Sudyalarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun lohiyasi bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan ayrim talablarni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilgan. Jumladan, sudyalar va xalq maslahatchilari uchun yosh chegarasini 30 yosh etib belgilash taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik esa muddatsiz davrga tayinlash tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Sudya, sud raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.

 

Loyihada sudyalar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator normalar ham nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, milliy qonunchilikka “iste’fodagi sudya” institutini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunday sudyalarga boshqa huquqlar qatori professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati berilishi mumkin.

 

Qonun loyihasida Oliy sud va quyi sudlar apparatlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan boshqa qator normalar ham o‘rin olgan.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.