O'zbekiston

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi



“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Xiva — Buxoro — Xiva hamda Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishlarida zamonaviy “CRRC-Dalian” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.



Yangi elektropoyezdlar 2026 yil 9 sentyabrdan boshlab Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida, 14 sentyabrdan esa Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida harakatlanadi.



Elektropoyezd tarkibi 5 ta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom klass o‘rindig‘iga ega.



Xiva — Buxoro — Xiva

707-sonli Xiva — Buxoro-1 elektropoyezdi seshanba kunidan tashqari, haftaning barcha kunlari qatnaydi.

Xiva — 09:55

Buxoro — 14:32



706-sonli Buxoro-1 — Xiva elektropoyezdi esa dushanba kunidan tashqari, haftaning barcha kunlari harakatlanadi.

Buxoro — 15:45

Xiva — 20:25



Buxoro — Toshkent — Buxoro

701-sonli Buxoro-1 — Toshkent elektropoyezdi 14 sentyabrdan boshlab har dushanba kuni qatnaydi.

Buxoro — 15:17

Toshkent — 21:22



702-sonli Toshkent — Buxoro-1 elektropoyezdi esa 15 sentyabrdan boshlab har seshanba kuni harakatlanadi.

Toshkent — 10:05

Buxoro — 15:17



Yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.



Jumladan, 56-sonli Toshkent janubiy — Xiva, 58-sonli Toshkent janubiy — Shovot, 127/128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot, 301-sonli Dushanbe — Toshkent, 6412-sonli Toshkent janubiy — Xovos hamda 6353-sonli Urganch — Nukus poyezdlarining qatnov jadvali o‘zgaradi.



Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda yangilangan harakat jadvaliga eʼtibor qaratish so‘ralmoqda.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.