O'zbekiston

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

 

Xorijiy davlatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida olib borilgan ishlar natijasida 9 nafar bola Rossiya Federatsiyasidan, 2 nafar bola esa Qozog‘iston Respublikasidan Vatanga olib kelingan.

 

Voyaga yetmaganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan.

 

Mazkur jarayonda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili — Bolalar ombudsmani ko‘magida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilingan.

 

Vatanga qaytarilgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni oilaviy muhitga qaytarish hamda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Bolalarning keyingi holati va oilaga moslashuvi yashash manzili bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy hamrohlik asosida kuzatib boriladi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.