O'zbekiston

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida sobiq imom-xatib voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy taʼlim bergani hamda giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun sudlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.



Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida ko‘rib chiqilgan ish materiallariga ko‘ra, 42 yoshli sudlanuvchi avval Urgut tumanida imom-xatib bo‘lib ishlagan. U 2026-yil may oyining oxirlaridan 23-iyunga qadar xonadonida 5 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq bergan.



Tergov hujjatlarida diniy mashg‘ulotlar uchun har bir boladan oyiga 100 AQSH dollaridan haq olish ko‘zda tutilgani qayd etilgan.



23-iyun kuni Davlat xavfsizlik xizmatining Urgut tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u xonadonida diniy adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Xonadonini ko‘zdan kechirish vaqtida alohida qadoqlangan, umumiy og‘irligi 3,75 gramm bo‘lgan opiy hamda 5,66 gramm marixuana aniqlangan. Shuningdek, sudlanuvchining voyaga yetmaganlarga diniy saboq berish jarayonida giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani ham tergovda qayd etilgan.



Sudda sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, karantin davridan buyon giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilib kelganini tan olgan va qilmishidan pushaymonligini bildirgan.



Sud hukmiga ko‘ra, unga Jinoyat kodeksining 229²-moddasi ikkinchi qismi hamda 276-moddasi ikkinchi qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlangan.



Jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan sudlanuvchiga uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, u 2 yil muddatga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida rahbarlik va masʼul lavozimlarni egallash hamda diniy taʼlim berish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan.



Sud hukmiga asosan, sudlanuvchiga jazoni o‘tash bilan birga giyohvandlikdan majburiy davolanish chorasi ham qo‘llanilgan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.