O'zbekiston

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa oliy ta’lim tashkilotlarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Talabalarning so‘zlariga ko‘ra, 3-noyabr kuni ayrim talabalar universitet kirish joyida to‘xtatilib, ilovani o‘rnatishga majburlangan. Shu sabab darsga kech qolganlarga “nb” belgisi qo‘yilgan. Shuningdek, dars davomida dekan, dekan o‘rinbosari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani o‘rnatmagan talabalardan uni yuklab olishni talab qilgani aytilmoqda.

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham bir necha haftadan buyon qandaydir APK ilovasini o‘rnatishga majburlanayotganini bildirgan. Toshkent davlat yuridik universitetida ham talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatish so‘ralayotgani haqida xabarlar bor.

 

Ta’lim va ilm-fan vazirligi mazkur holatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Vazirlik rahbariyati vaziyatni tezkor o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Ayni paytda ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshlagan.

 

Vazirlik ta’lim jarayonining uzluksizligi va talabalarning ta’lim olish huquqi ta’minlanishi shartligini ta’kidladi.