O'zbekiston

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

 

Toshkentda Qozog‘istonning Qarag‘andi shahridan kelgan “Dostlik Cup 2026” xalqaro futbol festivali ishtirokchilari orasida oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etilgan edi. Dastlabki xabarlarda jabrlanganlarning 11 nafari bola, 6 nafari katta yoshli kishi ekani aytilgan.

 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 2026-yil 1-noyabr kuni futbol musobaqasida ishtirok etish uchun Qozog‘istondan O‘zbekistonga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toshkent shahridagi mehmonxonada nonushta vaqtida yarim pishgan tuxum va sosiska iste’mol qilgan.

 

Shu kunning o‘zida ulardan 13 nafarida qayt qilish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i va tana haroratining ko‘tarilishi kabi alomatlar kuzatilgan.

 

Shundan so‘ng ular tez tibbiy yordam xizmati orqali Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276¹³-moddasi (sanitariya qonunchiligini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

11 bola va 6 katta yoshli kishi oziq-ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Farg‘onada Departament tergovchisi pora olganlikda gumonlanmoqda.

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar muqaddam sudlangan bo‘lgan.