Jahon

Saudiya Arabistoniga hujum: muhim neft quvuri yopildi

Ushbu quvur Hormuz bo‘g‘ozidagi neft eksporti bilan bog‘liq uzilishlar sharoitida muhim muqobil yo‘nalish hisoblanadi.

Saudiya Arabistoniga hujum: muhim neft quvuri yopildi

Saudiya Arabistoni hududidagi muhim Sharq-G‘arb neft quvuriga dronlar hujumi uyushtirilgach, quvur vaqtincha yopildi. Hujum Iroq hududidan amalga oshirilgani aytilmoqda.

 

1200 kilometr uzunlikdagi quvur mamlakat sharqidagi Abqayq neft konini Qizil dengiz bo‘yidagi Yanbu porti bilan bog‘laydi. Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi quvurni ehtiyot chorasi sifatida yopganini ma’lum qildi.

 

Saudiya Tashqi ishlar vazirligi hujum oqibatida jarohatlanganlar borligini va zarar yetganini bildirdi. Hozircha hujum uchun hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

 

Iroq hukumati hujumni qoralab, o‘z hududidan boshqa davlatlarga qarshi hujumlar uyushtirish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. Iroq bosh vaziri Maysan viloyatidagi xavfsizlik operatsiyalari qo‘mondonligi faoliyatini tekshirishni buyurgan, qo‘mondonni lavozimidan ozod qilgan. Shuningdek, Iroq Eron bilan chegaradagi Shalamcheh chegara o‘tish punktini vaqtincha yopgan.

 

Ar- Riyod Iroq bosh vazirining iltimosiga ko‘ra, «hozircha» javob qaytarmasligini bildirgan, biroq o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini saqlab qolgan.

 

Sharq-G‘arb quvuri Saudiya Arabistoni uchun strategik ahamiyatga ega. U so‘nggi oylarda kuniga 4–5 million barrel neft tashigan bo‘lib, bu jahon neft ta’minotining qariyb 4–5 foiziga teng.

 

Quvur ayniqsa Hormuz bo‘g‘ozidagi neft eksporti bilan bog‘liq uzilishlar sharoitida muhim muqobil yo‘nalish hisoblanadi. Uning yopilishi global energetika bozoriga qo‘shimcha bosim qilishi va neft narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining quvur yopilishi sabab yuzaga kelgan neft eksportidagi yo‘qotishlarni tezda qoplay oladigan muqobil imkoniyatlari cheklangan. Mamlakat neftning bir qismini Misr orqali, Suvaysh kanali yoki SUMED quvuri orqali eksport qilishga urinishi mumkin.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.