Jahon

Si Szinpin Hindistonda: yetti yildan keyingi ilk tashrif

Xitoy raisi Hindistonga tashrifi davomida Bosh vazir Narendra Modi bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Si Szinpin Hindistonda: yetti yildan keyingi ilk tashrif


Xitoy raisi Si Szinpin yetti yil ichida birinchi marta Hindistonga tashrif buyurdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.



Si Szinpinning samolyoti Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi Palam havo kuchlari bazasiga qo‘ngan. U BRICS davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi.



Tashrif doirasida Xitoy rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Unda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.



Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 2020-yil may oyida Sharqiy Ladakx hududida ikki davlat harbiylari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlardan so‘ng keskinlashgan edi. Keyinchalik bir qator harbiy va diplomatik muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar bahsli chegara hududlaridan qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlagan.



Tomonlar o‘rtasidagi aloqalar Narendra Modining 2025-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi ishtirokidan so‘ng asta-sekin yaxshilana boshlagan. Shundan keyin Hindiston va Xitoy ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va chegaralararo savdoni qayta tiklagan.

custom img

Respublikachilar mag‘lub bo‘lsa, Eronga yanada qattiqroq choralar ko‘rilishi mumkin — Tramp

AQShda Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

custom img

Isroil Hizbulloh bazasini portlatdi: portlash 4,1 magnitudali zilzilaga sabab bo‘ldi

2 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ikkita tunnelni yo‘q qilish uchun 1 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatilgan.

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"