O'zbekiston

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning Madaniy meros agentligi faoliyatiga bildirgan e’tirozlari muhokama qilinmoqda.

 

Shu munosabat bilan Madaniy meros agentligi Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 7-uydagi bino yuzasidan jamoatchilikka o‘z munosabatini bildirdi.

 

Qodirov mazkur binoning madaniy meros obyekti sifatida muhofaza qilinishi va uni saqlashga resurs yo‘naltirilishi masalasini tanqid qilgan edi.

 

Agentlik esa madaniy meros obyektlariga “bugun bizga kerakmi yoki kerak emasmi?” degan mezon asosida baho berilmasligini ta’kidlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bobur ko‘chasi, 7-uydagi bino 1935-yilda qurilgan. Agentlikning qayd etishicha, ochiq tarixiy va ekspert materiallarida u Toshkentda faoliyat yuritgan taniqli me’mor Aleksey Viktorovich Shchusev nomi bilan bog‘lanadi.

 

Agentlik binoning tarixiy ahamiyati faqat uning me’mori bilan cheklanmasligini ham ma’lum qilgan. Turli yillarda bu yerda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan olim va professorlar, jumladan, akademiklar Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Vasiliy Shishkin, shuningdek, Rahim Atajonov va Natan Mallayev yashagan.

 

Agentlikka ko‘ra, bino XX asrda Toshkentdagi me’morlik, ilm-fan va shahar madaniyatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Uning me’moriy yechimi ham XX asrning birinchi yarmidagi Toshkent shahar muhitini o‘rganish nuqtai nazaridan qiziqish uyg‘otadi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda uning huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi mazkur binoni Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari Milliy ro‘yxatiga kiritishni ma’qullagan.

 

2021-yilda esa obyektni Milliy ro‘yxatdan chiqarish taklifi rad etilgan. Hozirda bino moddiy madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasida turibdi.

 

Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 30-oktabrdagi 1550-son qarori bilan “UNIVERSAL PACKING MASTERS” MChJga ushbu manzildagi mavjud turar va noturar binolarni buzish hamda hududda ko‘p qavatli uy qurish uchun yer maydoni ajratilgan.

 

Agentlikning ta’kidlashicha, o‘rganishlar davomida ushbu qaror binoning moddiy madaniy meros obyekti sifatidagi huquqiy maqomi belgilanishidan oldin qabul qilingani aniqlangan.

 

Agentlik o‘z munosabatida madaniy meros obyektlarini milliy kelib chiqishiga qarab ajratmaslik kerakligini qayd etgan.

 

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi. U — tarix. Tarix esa ‘o‘zimizniki’ va ‘begonaniki’ga bo‘linmaydi”, — deyiladi Agentlik bayonotida.

 

Agentlikning qayd etishicha, bunday obyektlarning tarixiy va madaniy qiymati qonun hamda professional ekspertiza asosida baholanishi, ularni saqlash masalasi esa ilmiy va huquqiy mezonlarga tayanishi lozim.

 

“Gap faqat bitta bino haqida emas. Gap — o‘z tariximizga qanday munosabatda bo‘lishimiz haqida”, — deya ta’kidlagan Agentlik.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.