Sport

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi uchrashuvida Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Kuvaytga qarshi bahsda Sardor Bahromov 6 va 36-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

 

Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Ro‘ziboy Fayzullayev qizil kartochka oldi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Biroq jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

 

Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari ikki turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, muddatidan avval guruhdan chiqishni uddaladi.

 

Jamoa guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 22-sentyabr kuni Vetnamga qarshi o‘tkazadi.

 

Ma’lumot o‘rnida, chorak final 25-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston guruhni birinchi o‘rinda yakunlasa, «D» guruhining ikkinchi o‘rin sohibi bilan bahslashadi.

 

Osiyo o‘yinlari. «C» guruhi, 2-tur

 

Kuvayt U-23 — O‘zbekiston U-23 0:2

 

Gollar: Sardor Bahromov, 6, 36.

 

Qizil kartochka: Ro‘ziboy Fayzullayev, 48.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.