O'zbekiston

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 37 nafar fuqaro holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Ulardan 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, dastlabki epidemiologik surishtiruv davomida 17–18-sentyabr kunlari murojaat qilgan fuqarolar Uchko‘prik tumanidagi Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fast-food shoxobchalaridan birida xot-dog va non-burger iste’mol qilgani aniqlangan. Shifokorlar bemorlarda ovqatdan zaharlanish holati borligidan gumon qilgan.

 

18-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, jami 37 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

 

Shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan stadioniga tashrif buyurdi

Rekonstruksiya natijasida «Turon» stadioni sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tun-u kun ishlaydigan ko‘chada bo‘ldi

Ko‘chalarni obodonlashtirishga 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning «Pearson BTEC» xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.

custom img

Prezident Nukusdagi gazoblok ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

«Coals KS» korxonasi yiliga 300 ming kub metr gazoblok va 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi.

custom img

Kimlarga kontrakt uchun chegirma beriladi? Pedagoglar farzandlari uchun yangi tartib

Pedagoglarning davlat OTMlariga o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlari uchun kontrakt to‘loviga chegirma joriy etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"