Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

7-noyabr kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida rejali profilaktika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari sabab elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini oshirish hamda avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
-
Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
-
Chilonzor tumani: “Beshqo‘rg‘on” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
-
Olmazor tumani: “Nihol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
-
Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
-
Yashnobod tumani: “Uch Chinor” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Filial ma’lumotiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq yakunlanishi ham mumkin.








