7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro A.V. 10 250 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki pullarni fuqaro R.Z.ga 7 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








